«Muqaddasdir Vatan bayrog’i!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri 
1 min read

«Muqaddasdir Vatan bayrog’i!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri 

18-noyabr — Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tarbiyachi-pedagoglar Q.Mamayev va G.Yusupovalar tomonidan «Muqaddasdir Vatan bayrog’i!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkillashtirildi. 

Tadbirni ijod maktabi direktori P.Axmedjanova barchaga o’z samimiy tilaklarini yo’llagan holda ochib berdi.

Shu bilan bir qatorda tadbir davomida o’quvchilar tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi yurt bayrog’ini madh etuvchi she’rlar, kuy-qo’shiqlar va sahna chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi

Tadbir yakunida haftalik davomida o’tkazilgan «Bayrog’im faxrim» rasmlar ko’rik tanlovi g’oliblarining ijod namunalari tanishtirildi va alohida e’tirof etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan