Alisher Navoiyning » Farhod va Shirin» dostoni mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
1 min read

Alisher Navoiyning » Farhod va Shirin» dostoni mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Mohidil Ziyayeva tomonidan 10-sinf o’quvchilariga Alisher Navoiyning » Farhod va Shirin» dostoni mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

O’qituvchi tomonidan doston haqida ma’lumotlar berildi.

O’quvchilar doston obrazlari tavsifini aytib o’tishdi.

Dostonda keltirilgan Xusrav va Farhodning bahs-munozarasini o’quvchilar yod o’qidilar.

Mavzu yuzasidan tuzilgan savollarga tezkorlik bilan javob berishib, krossvord topshirig’ini a’lo darajada bajarishdi.

Ma’lumki, dostonda bog’-rog’lar, sharqiroq soylar haqida ham so’z boradi va bu tasvirlar kishini bevosita ko’z oldiga keladi. Shu ma’noda o’quvchilar maktab bog’ida shoirning g’azal va ruboiylari asosida bahr-u bayt o’ynab, ayni o’sha manzarani his etishdi.

Darsda barcha faol ishtirok etdi.

Bizni kuzatishda davom eting.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan