Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari yetib keldi
1 min read

Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari yetib keldi

Ma’lumki, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ijod maktablari o‘rtasida o‘zaro o‘quvchi almashish dasturi joriy etilgan.

✨Ushbu dastur doirasida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari yetib keldi hamda maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, o’quv jarayonlari va elimizning suyukli shoirasi Halima Xudoyberdiyeva muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.

✨Ikki tomonlama almashinuv dasturiga muvofiq o’quvchilar bir hafta davomida maktabda o’zaro bilim va tajriba almashish bilan bir qatorda yangi do’stlar ham orttiradilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan