Ijod maktabimizda so’z mulkining sultoni, Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
1 min read

Ijod maktabimizda so’z mulkining sultoni, Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

⚡️Tadbirni ijod maktabi direktori P.Axmedjanova ochib berdi.

✨Shuningdek, tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo’limi vakili, shoir Munavvar Pardayev, Guliston davlat universiteti adabiyot kafedrasi o’qituvchilari Abdullatib Primov, Rahmatjon To’raqulovlar ham ishitirok etib, Navoiy va uning turkiy tilimiz, adabiyotimiz, qolaversa, milliy davlatchiligimiz oldida ko’rsatgan ulkan xizmatlari xususida so’zladilar.

????Shu bilan bir qatorda, tadbir davomida Sirdaryo viloyati maqom ansambli hamda ijod maktabimizning «Dutorchi qizlar», «She’riyat gulshani» ijodiy to’garaklari a’zolari tomonidan ijro etilgan milliy ruhdagi kuy-qo’shiqlar va g’azallar, «Navbahor» raqs to’garagi a’zolari tomonidan ijro qilingan betakror raqslar barchaga manzur bo’libgina qolmay, milliy adabiyotimiz, xususan, Alisher Navoiy ijodiga bo’lgan hurmat va muhabbatning yanada yuksalishiga katta hissa qo’shdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan