Uch avlod uchrashuvi
1 min read

Uch avlod uchrashuvi

Mamlakatimizda tinchlikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini taʼminlash, keksalarni eʼzozlash, ertamiz egalarini barkamol etib voyaga yetkazishga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan ijod maktabimizda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi F 79 sonli Farmoyishi (https://lex.uz/docs/-6476175) ijrosini taʼminlash maqsadida «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi.

?Ushbu uchrashuvda Viloyat faxriylar kengashi raisi B.Abdalimov, Jamoatchilik kengashi viloyat hududiy bo’linma mutaxassisi A.Muhammedjanov, Sirdaryo viloyati qo’riqlash xizmati katta leytenanti J.Eshqulov, Sirdaryo viloyati inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho’basi boshlig’i, Sirdaryo viloyati bojxona xizmati podpolkovnigi A.G’aniyevlar ishtirok etib, yurtimiz taraqqiyotiga befarq bo’lmaslik, ajdodlarga munosib avlod bo’lish, qolaversa, ona Vatanga sadoqat va muhabbat bilan xizmat qilish qanchalar sharafli burch ekanligi haqida nutq so’zladilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan