18-noyabr Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan «Muqaddasdir Vatan bayrog’i» shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi
1 min read

18-noyabr Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan «Muqaddasdir Vatan bayrog’i» shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida 18-noyabr Davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan «Muqaddasdir Vatan bayrog’i» shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda ijod maktabi direktori P.Axmedjanova Davlat bayrog’i va uning qadr-qimmati to’g’risida nutq so’zladilar hamda barchaga o’zining samimiy tabriklarini yo’lladilar.

Shuningdek, ijod maktabining 10-11-sinf o’quvchilari o’rtasida Yurt bayrog’i ostida saf mashqlari tanlovi o’tkazildi.

Shu bilan bir qatorda, 7-sinf o’quvchilari tomonidan o’z ijodlariga mansub Vatan va yurt bayrog’ini madh etuvchi she’rlar ijro etildi.

» Bayrog’ing boshingda hilpirar» qo’shig’i sadosi ostida
8-9-sinf o’quvchilari tomonidan tantanali harbiy harakatlar namoyishi tadbirga ko’tarinki ruh baxsh etdi.

Tadbir so’ngida Halima Xudoyberdiyevaning «Yurt bayrog’i» she’ri o’quvchilar jo’rligida ijro etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan