Ijod maktabimizda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan  «Konstitutsiya – baxtimiz qomusi» shiori ostida 9-sinf o’quvchilari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
1 min read

Ijod maktabimizda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan  «Konstitutsiya – baxtimiz qomusi» shiori ostida 9-sinf o’quvchilari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

✨Tadbirni ijod maktabi direktori Pokiza Axmedjanova ushbu bayram munosabati bilan barchaga samimiy tilaklarini bildirgan holda ochib berdi.

?Shuningdek, ushbu tadbirda O’zLiDep Sirdaryo viloyati kengashi rahbari Shoxista Bozorboyeva, Sirdaryo viloyati Guliston shahar adliya bo’limi bosh yurist-konsulti Jamshid Boirov, Sirdaryo viloyati Guliston shahar ma’muriy sud raisi To’rabek Qodirqulov ishtirok etib, bayram qatnashchilariga samimiy tabrik izhor etish bilan birgalikda Konstitutsiyamizga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar hayotimizda naqadar ahamiyatga ega ekanligi haqida ham nutq so’zladilar.

?Tadbirning badiiy qismida o’quvchilar tomonidan tayyorlangan Konstitutsiyamizdagi qonunlar bilan bog’liq sahna ko’rinishlari va chiqishlar barchaga birdek manzur bo’ldi. Shu bilan bir qatorda Sirdaryo viloyati maqom ansambli va o’quvchilarimiz ijrosidagi Konstitutsiyamiz sharafiga yangragan she’rlar, kuy-qo’shiqlar va raqslar barchada takrorlanmas taassurotlar qoldirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan