
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yangi sport arenasi foydalanishga topshirildi
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasida bunyod etilgan zamonaviy sport arenasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔹Mazkur loyiha jamoatchilik ovozlari orqali g‘olib deb topilgan bo‘lib, uning natijasida o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sport sharoitlari yaratildi. Ochilish tadbirida maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar ishtirok etdilar.
🔹Tantanali marosimda maktab direktori Shohistaxon Nurmatova ishtirok etib, o‘qituvchilarga va o‘quvchilarga yangi inshootning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
🔹Yangi sport arenasi o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, jismoniy tarbiya darslarini yuqori saviyada o‘tkazish va turli sport musobaqalarini o‘tkazish imkonini beradi.