“Mitti jilg‘alar” bayoz taqdimoti

“Mitti jilg‘alar” bayoz taqdimoti

October 20, 2025

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Mitti jilg‘alar” nomli bayoz taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda ijodkor o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.


🔹Mazkur bayoz ijod maktabining o‘quvchilari Mubina Sharipova, Mushtariy Toxirova hamda Buoisha Zokirjonovalarning ijodiy ishlari namunalari asosida tuzilgan she'rlar bayozi bo‘lib, unda yosh ijodkorlarning so‘z san’atiga bo‘lgan mehrlari, orzu-intilishlari va qalb kechinmalari o‘z ifodasini topgan.


🔹Tadbirga Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi direktori Shoxistaxon Nurmatova ishtirok etib, yosh ijodkorlarga samimiy tilaklar bildirdi hamda ularning kelgusidagi ijodiy izlanishlariga muvaffaqiyat tiladi.


🔹Taqdimot davomida o‘quvchilar o‘z asarlaridan parchalar o‘qib berdilar, ustozlar esa ularning badiiy mahorati, so‘z boyligi va fikr teranligiga yuqori baho berdilar.