
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Ona tilim – faxrim” mavzusida 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazildi.
October 20, 2025
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Ona tilim – faxrim” mavzusida 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazildi.
🔹Tadbirning maqsadi — yosh avlod qalbida ona tiliga bo‘lgan mehr va hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash, ularning fikrlash hamda ijodiy yozish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
🔹Tanlov jarayonida o‘quvchilar o‘z fikrlarini badiiy va ifodali tarzda bayon etib, o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi va milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni haqida samimiy so‘z yuritdilar.