Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 10- va 11-sinf o'quvchilari uchun tahrirchi va restavrator yordamchisi kasblarini o‘rganish maqsadida viloyat axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda navbatdagi mahorat darslari tashkil etildi.

October 10, 2025

Badiiy adabiyot va boshqa ijod sohalariga mehr qolygan iqtidorli yoshlarni saralash va tarbiyalash, ularning iste'dodini rivojlantirish, kelajakda o'zbek adabiyoti va san'ati, ommaviy axborot vositalari uchun munosib kadrlar tayyorlash maqsadida 2024-yil 1-aprel "Ijod maktablarini yanada rivojlantirishning chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 147-sonli qaror imzolangan. 

🔹Mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 10- va 11-sinf o'quvchilari uchun tahrirchi va restavrator yordamchisi kasblarini o‘rganish maqsadida viloyat axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda navbatdagi mahorat darslari tashkil etildi.

🔹Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar 

skanerlash va raqamlashtirish hamda raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlashga oid kasblarni faoliyati bilan tanishish, skanerlash va raqamlashtirish sohalari axborotlarni sifatli va xavfsiz saqlashga, shuningdek ularni tezkor va samarali qayta ishlashga qaratilgan bilimlarni o‘rganmoqda.