Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Mening jadid bobolarim” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati yosh avlod qalbida milliy g‘urur va ma’naviy uyg‘onish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Mening jadid bobolarim” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati yosh avlod qalbida milliy g‘urur va ma’naviy uyg‘onish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

October 10, 2025

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Mening jadid bobolarim” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati yosh avlod qalbida milliy g‘urur va ma’naviy uyg‘onish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. 


🔹Tadbirda o‘quvchilar jadidchilik harakatining yurt ravnaqi yo‘lidagi o‘rni, ularning ma’rifat, ozodlik va taraqqiyot yo‘lidagi fidokorona sa’y-harakatlari haqida samimiy fikr-mulohazalar bildirdilar.


🔹Davra suhbati jarayonida o‘quvchilar jadid bobolarimiz – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Cho‘lpon, Fitrat kabi siymolarning ma’rifatparvarlik g‘oyalari haqida o‘zlari tayyorlagan sahna ko‘rinishlari, she’r va monologlar orqali jonli tasavvur uyg‘otdilar.


🔹Tadbir yakunida ustozlar yoshlarning tarixiy xotiraga bo‘lgan hurmati va ijodiy yondashuvlarini yuksak baholab, ularga “jadidlarning orzusi – sizlarning qo‘lingizda” degan so‘zlar bilan murojaat qildilar. Davra suhbati barchaga ruhiy zavq, milliy g‘urur va tarixiy mas’uliyat tuyg‘usini ulashdi.