
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sarvinoz Latipovaning “Iz” nomli birinchi kitobi 2000 nusxada nashr qilindi.
October 10, 2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-147-sonli qarori ijrosi yuzasidan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'quvchilari orasidan 18 nafarining sara ijod namunalari “Mening birinchi kitobim” loyihasida chop etildi.
🔷 Quvonarlisi shundaki, mazkur ijodkor o‘quvchilar orasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sarvinoz Latipovaning “Iz” nomli birinchi kitobi 2000 nusxada nashr qilindi.