
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Jasmina Komilovaning “Olisdan xabar” nomli birinchi kitobi 2000 nusxada nashr qilindi.
October 10, 2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-147-sonli qarori ijrosi yuzasidan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'quvchilari orasidan 18 nafarining sara ijod namunalari “Mening birinchi kitobim” loyihasida chop etildi.
Quvonarlisi shundaki, mazkur ijodkor o‘quvchilar orasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Jasmina Komilovaning “Olisdan xabar” nomli birinchi kitobi 2000 nusxada nashr qilindi.