Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” shaxsiy intellektual o‘yini o‘tkazildi. Bellashuvda har bir ishtirokchi mustaqil tarzda savollarga javob berdi va o‘z bilim hamda tafakkur doirasini namoyon etdi.

🔷Ijod maktabi kordinatori Oysudaxon Abdumannobova hamda 10-a sinf o‘quvchisi Sirojiddin Dilshodov boshchiligida o‘tkazilgan shaxsiy o‘yin davomida qatnashchilar mantiqiy savollar, tarixiy voqealar, adabiyot, geografiya va zamonaviy fan yutuqlariga oid savollarga javob berishdi.
💥Bahs jarayonida o‘quvchilar o‘zaro raqobat bilan birga do‘stona muhitda bilimini sinovdan o‘tkazdilar. Yakunda eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar g‘olib deb topilib, faxriy esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
✅Bu kabi shaxsiy o‘yinlar yoshlarning bilimga chanqoqligini oshirish, mustaqil fikrlash va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.