Farzandingizga ijodiy imkoniyatlar yarating

Iste'dod shu bilan ochiladi.

12+ to'garaklar

Turli xil qiziqarli to'garaklar

Turar-joy yotoqxona

Qulay va zamonaviy yotoqxona

5 mahal ovqat

Sifatli va mazali taomlar

Hero Landing

Asosiy ko'rsatkichlar

Asosiy ko'rsatkichlar haqida ma'lumotlar.

O'quvchilar soni
248

O'quvchilar soni

O'quvchi qizlar soni
209

O'quvchi qizlar soni

O'quvchi o'g'il bolalar soni
39

O'quvchi o'g'il bolalar soni

Sinflar soni
13

Sinflar soni

O'qituvchilar soni
30

O'qituvchilar soni

Ijodiy to'garaklar
12

Ijodiy to'garaklar

Nega ota-onalar ijod maktabini tanlashadi?

Ijodkorlik va o'ziga xoslikni rivojlantirish

Ijod Maktabi bolalarning adabiy qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratadi. O'quvchilar she'r va hikoyalar yozishini o'rganib, o'z ichki dunyosini ochishadi va ifodalaydilar.

Boy madaniy dasturlar

Ijod Maktabida adabiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar va boshqa madaniy tadbirlar muntazam o'tkazilib, bolalar mashhur yozuvchilar va shoirlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Yuqori sifatli adabiy ta'lim

Nazm va nasr darslari tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi. Maktab o'quvchilari nafaqat yozuv texnikalarini, balki adabiyot tarixi va yirik asarlarning tahlilini ham o'rganadilar.

Texnologiya bilan uyg'un ijod

Zamonaviy texnologiyalar yordamida bolalar ijodiy ishlarini raqamli ko'rinishda ifoda etishadi, shuningdek, multimedia loyihalarida ishtirok etadilar.

Qo'shimcha darslar

Maktabimizda mavjud bo'lgan qo'shimcha darslar.

Pazandachilik to‘garagi

Pazandachilik to‘garagi — bu o‘quvchilar va qiziqqan yoshlar uchun mo‘ljallangan amaliy va nazariy yo‘nalishdagi to‘garak bo‘lib, unda milliy va xalqaro taomlar tayyorlash, stol bezash, gigiyena qoidalari, hamda ovqat tayyorlash madaniyati o‘rgatiladi. To‘garakning asosiy maqsadlari: O‘quvchilarda pazandachilik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish; Milliy va jahon taomlari haqida bilim berish; Sog‘lom ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish; Mehnatsevarlik, did, gigiyena va oshpazlik estetikasi bilan tanishtirish.

Pazandachilik to‘garagi

Veb-dizayn va dasturlash to‘garagi

Veb-dizayn va dasturlash to‘garagi — bu zamonaviy axborot texnologiyalari, internet texnologiyalari va vizual san’atga qiziqqan o‘quvchilar va talabalar uchun mo‘ljallangan to‘garak bo‘lib, ishtirokchilarni sayt yaratish, front-end va back-end dasturlash, hamda veb-dizayn asoslari bilan tanishtiradi. To‘garakning maqsadlari: O‘quvchilarga veb-sahifalarni loyihalash va dasturlash asoslarini o‘rgatish; Zamonaviy texnologiyalar (HTML, CSS, JavaScript, va boshqalar) bilan tanishtirish; Yaratgan loyihalarni onlayn chop etish va real ish ko‘nikmalarini rivojlantirish; Kreativ fikrlash, muammo yechish, va raqamli savodxonlikni shakllantirish.

Veb-dizayn va dasturlash to‘garagi

Kompyuter grafikasi va media savodxonlik to‘garagi

Kompyuter grafikasi va media savodxonlik to‘garagi — bu zamonaviy texnologiyalar, vizual san’at va axborot xabardorligini birlashtirgan o‘quv-to‘garak bo‘lib, u ishtirokchilarga grafik dizayn, axborotlarni vizual ifodalash, va media kontentni tanqidiy tahlil qilish bo‘yicha nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarni beradi. To‘garakning maqsadlari: Kompyuter grafikasi sohasidagi asosiy bilimlarni berish (vektor/raster, dizayn dasturlari); O‘quvchilar, talabalar va yosh ijodkorlarda media savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish; Soxta axborotni ajratish, axborot tahlili va tanqidiy fikrlashni shakllantirish; Grafik kontentni mustaqil tarzda yaratish va tahlil qilishga o‘rgatish.

Kompyuter grafikasi va media savodxonlik to‘garagi

Badiiy tarjima adabiy to‘garagi

Badiiy tarjima adabiy to‘garagi — bu tarjima san’ati va adabiy ijodiyotni uyg‘unlashtirgan to‘garak bo‘lib, u ishtirokchilarga boshqa tillardagi badiiy matnlarni o‘zbek tiliga (yoki aksincha) estetik, ma’naviy va stilistik jihatdan mukammal tarjima qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. To‘garakning maqsadi: O'quvchilarda yoki yosh tarjimonlarda badiiy tarjima malakasini shakllantirish; Adabiy-estetik tafakkurni rivojlantirish; Tarjima orqali xalqaro adabiy aloqalarni mustahkamlash; Til va madaniyatlararo muloqotni chuqurroq anglashni ta’minlash.

Badiiy tarjima adabiy to‘garagi

Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to‘garagi

Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to‘garagi — bu yosh ijodkorlar, video-montajchilar, animatorlar va media sohasi bilan qiziqqanlar uchun mo‘ljallangan to‘garak bo‘lib, ularni video, audio va grafik kontent yaratish, tahrirlash, dizayn va animatsiya qilish bo‘yicha nazariy hamda amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi. To‘garakning asosiy maqsadlari: Raqamli media va ijodiy texnologiyalarni o‘rgatish; Audiovizual ifoda orqali fikr bayon qilish malakasini shakllantirish; Video, audio va animatsion kontent yaratish va qayta ishlash bo‘yicha amaliy bilim berish; Yoshlarning kreativ salohiyatini ochish va ijodiy jamoaviy ishlashni rivojlantirish.

Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash to‘garagi

Tasviriy va raqamli san’at to‘garagi

Tasviriy va raqamli san’at to‘garagi — bu an’anaviy (qo‘lda chizish, bo‘yoq, grafik) va zamonaviy (raqamli) san’at turlarini uyg‘un holda o‘rgatadigan ijodiy to‘garak bo‘lib, o‘quvchilarning tasviriy ifoda, estetik did va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. To‘garakning maqsadi: Rassomchilik va raqamli san’at asoslarini o‘rgatish; O‘quvchilarda tasviriy va vizual tafakkurni shakllantirish; Raqamli texnologiyalar yordamida san’at yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish; An’anaviy san’at turlari va zamonaviy raqamli texnikalarni uyg‘unlashtirish.

Tasviriy va raqamli san’at to‘garagi

Dizayn to‘garagi

Maqsad: O‘quvchilarning badiiy-estetik didini rivojlantirish, ularni zamonaviy dizayn turlari bilan tanishtirish hamda ijodkorlik va tasavvur qobiliyatini oshirish orqali ularda mustaqil loyihalashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish. Vazifalari: O‘quvchilarga dizayn asoslari, ranglar uyg‘unligi va kompozitsiya qoidalarini o‘rgatish Grafik, interyer, moda va mahsulot dizayni bo‘yicha tushunchalar berish Qog‘oz, mato, tabiat materiallari, kompyuter grafikasi va boshqa vositalar bilan ishlashni o‘rgatish Tasviriy san’at, chizmachilik va loyihalash ishlarini uyg‘unlashtirish Ekologik, milliy va zamonaviy dizayn g‘oyalari asosida ijodiy ishlar yaratish

Dizayn to‘garagi

"Musiqa sehri" to‘garagi

Maqsad: O‘quvchilarning musiqaga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish, ularning estetik didini shakllantirish, vokal va cholg‘u ijrochiligi orqali iste’dodlarini namoyon etishga imkon yaratish. Vazifalari: O‘quvchilarni milliy va jahon musiqasi bilan tanishtirish Vokal (ovoz) va cholg‘u ijrochiligi ko‘nikmalarini o‘rgatish Musiqa nazariyasi, ritm va nota o‘qish asoslarini tushuntirish Yakkaxon va jamoaviy ijro usullarini mashq qilish Sahna madaniyati, emotsional ifoda va chiqishlarga tayyorlash

"Musiqa sehri" to‘garagi

Robototexnika to‘garagi

Maqsad: O‘quvchilarning texnik tafakkurini, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini va dasturlashga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish hamda ularni zamonaviy texnologiyalar olamiga qadam qo‘yishga tayyorlash. Vazifalari: Robototexnika asoslari bilan tanishtirish Elektronika va mexanika bo‘yicha boshlang‘ich bilim berish Sensorlar, mikrokontrollerlar (masalan: Arduino, Raspberry Pi) bilan ishlashni o‘rgatish Robot yasash, dasturlash va uni boshqarishni o‘rgatish Jamoada ishlash va texnik loyihalarni amalga oshirish ko‘nikmasini shakllantirish

Robototexnika to‘garagi

Zargarlik to‘garagi

Maqsad: O‘quvchilarga milliy hunarmandchilik — ayniqsa zargarlik san’ati asoslarini o‘rgatish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish va kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish. Vazifalari: O‘quvchilarga zargarlik san’atining tarixiy va amaliy asoslarini tushuntirish Oddiy metallardan zargarlik buyumlari yasashni o‘rgatish Dizayn va bezak san’ati haqida tushuncha berish Yashil (eko) materiallardan foydalangan holda bezaklar yasashni o‘rgatish Sabrlilik, aniqlik va noziklikni shakllantirish

Zargarlik to‘garagi

She’riyat to‘garagi

Maqsadi: Yoshlarning adabiyotga, xususan she’riyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda badiiy did, obrazli tafakkur va so‘z boyligini rivojlantirish Vazifalari: O‘quvchilarni milliy va jahon she’riyatining nodir namunalaridan boxabar qilish. Yosh ijodkorlarga o‘z iste’dodini namoyon etish uchun maydon yaratish. She’r yozish texnikasi, qofiya, vazn, janrlar haqida bilim berish. Mashhur shoirlar hayoti va ijodi bilan tanishtirish. Turli ijodiy tanlovlar, uchrashuvlar va mushoiralar tashkil etish.

She’riyat to‘garagi

Aktyorlik to‘garagi

Maqsad: O‘quvchilarda sahna san’ati, aktyorlik mahorati va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, sahnaviy nutq, mimika va harakat orqali o‘zini erkin ifoda eta olishga o‘rgatish. Vazifalari: O‘quvchilarga aktyorlik san’ati asoslarini o‘rgatish Sahna harakati, mimika, pantomima va dialoglar bilan ishlashni mashq qilish Nutq madaniyati va sahnaviy ifoda vositalarini rivojlantirish Sahna asarlarini sahnalashtirish va omma oldida chiqish qilishga tayyorlash Teatr va kino san’ati bilan tanishtirish

Aktyorlik to‘garagi

Yangiliklar

Maktab hayotidan so'nggi yangiliklar

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha birinchi bosqich imtihon jarayonlari boshlandi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha birinchi bosqich imtihon jarayonlari boshlandi

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish bo‘yicha birinchi bosqich imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

June 30, 2025
DIQQAT, E’LON

DIQQAT, E’LON

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining kirish imtihonlari birinchi bosqichi bosqichi ertaga, 30-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

June 29, 2025
BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI

BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI

Ikki kun davom etgan mazkur tadbirda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari ko'plab ilmiy-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar.

June 29, 2025

Farzandingizdagi qobiliyatlarni cheklamang!

Maktabimiz haqida ko‘proq bilmoqchimisiz? Biz bilan bog‘laning va farzandingizni ijod dunyosiga olib kiring!

Suhbatga yozilish
Student with trophy

Qanday boriladi?

Bizning manzilimiz va bog'lanish ma'lumotlari

Manzil:

Andijon viloyati, 170100, Andijon shahar, A.Temur shox ko‘chasi, 26-uy

Bog'lanish uchun telefon:

(+998)74-226-37-34

Elektron pochta manzili:

muhammad-yusuf@ijodmaktabi.uz