Maktab haqimizda

Maktab haqimizda

O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy ijod maktabi O'zbekiston Respublikasi VM ning 2019-yil 20-martdagi №238 qaroriga asosan tashkil qilingan.Maktab 200 o'ringa mo'ljallangan bo'lib,120 o'rinli yotoqxona ,zamonaviy sport maydonchalari va yopiq sport zali mavjud.

Maktabimizda 30 nafar oliy ma'lumotli pedagog xodim ish olib bormoqda.Shulardan 25 nafari oliy toifali, 3 nafari 1 toifali o'qituvchilar. Ustozlardan 14 nafari milliy sertifiqat 8 nafari Xalqaro darajadagi sertifiqatga ega. 2024-2025-yilda jami bitiruvchilarimiz 34 nafarni tashkil qilib,shulardan 12 nafari davlat granti va 17 nafari to'lov-shartnoma asosida nufuzli oliy ta'lim dargohlariga qabul qilindi. 5 nafar o'quvchimiz Turkiya davlatining qator oliygohlariga 100 % lik grantni qo'lga kiritdilar. Ushbu o'quv yilida bitiruvchilarning OTM ga kirishdagi o'rtacha ko'rsatkich 160 ballni tashkil qildi.

Tanlovlar:"Yosh kitobxon" Respublika tanlovining viloyat bosqichida 5 ta o'quvchimiz muvaffaqiyatli qatnashdi va 1 o'quvchi viloyat bosqichi g'olibligini qo'lga kiritdi.

2025-yil 25-26-mart kunlari Prezident,Ijod,Ixtisoslashtirilgan va Sport maktablari o'rtasida o'tkazilgan "Teatr Ibratxonadir" tanlovining Respublika bosqichida faol qatnashib "Eng yaxshi rejissura ishi" nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritdi.