
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 79 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira Guljamol Asqarova bilan ijodiy uchrashuv hamda shoiraning “Cho‘g‘ ustida raqs” nomli yangi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
May 25, 2026
Guljamol Asqarova o‘z ijodi, she’riyatga kirib kelish jarayoni, ustozlar sabog‘i hamda ayol qalbi va Vatanga muhabbat mavzusidagi fikrlari bilan o‘quvchilar va ustozlar bilan o‘rtoqlashdi
🔹Shuningdek, shoira tomonidan yaqinda chop etilgan “Cho‘g‘ ustida raqs” kitobi haqida batafsil ma’lumot berilib, kitobxonlarni o‘ylantiruvchi va ruhlantiruvchi she’rlar xususida suhbat tashkil etildi
🔹Tadbirda ijod maktabi direktori Shoxistaxon Nurmatova so‘zga chiqib, mehmonlarga minnatdorlik bildirib, yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish yo‘lidagi bunday uchrashuvlarning ahamiyati katta ekanini ta’kidladi