
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Maktab, mahalla va oila hamkorligi” mavzusida ota-onalar festivali bo‘lib o‘tdi. 🔹Tadbir avvalida ota-onalar o‘quvchilarning qo‘l mehnati asosida tayyorlagan ijodiy ishlari, milliy hunarmandchilik namunalari hamda turli innovatsion loyihalari bilan tanishdi. 🔹Shuningdek, ular o‘quvchilar tomonidan yaratilgan mahsulotlarni tijoratlashtirish jarayonlarida ham faol ishtirok etdi. 🔹Festival doirasida badiiy kitoblar yarmarkasi tashkil etilib, unda ota-onalar, ustozlar va o‘quvchilar faol qatnashdi. Yarmarkada o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari namoyish qilinib, kitobxonlikni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.
May 20, 2026
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Maktab, mahalla va oila hamkorligi” mavzusida ota-onalar festivali bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbir avvalida ota-onalar o‘quvchilarning qo‘l mehnati asosida tayyorlagan ijodiy ishlari, milliy hunarmandchilik namunalari hamda turli innovatsion loyihalari bilan tanishdi.
🔹Shuningdek, ular o‘quvchilar tomonidan yaratilgan mahsulotlarni tijoratlashtirish jarayonlarida ham faol ishtirok etdi.
🔹Festival doirasida badiiy kitoblar yarmarkasi tashkil etilib, unda ota-onalar, ustozlar va o‘quvchilar faol qatnashdi. Yarmarkada o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari namoyish qilinib, kitobxonlikni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.