
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 2025–2026-o‘quv yili yakunlari yuzasidan 7-8 sinf o‘quvchilari uchun ijodiy imtihon tashkil etildi. 🔹Mazkur ijodiy imtihonda o‘quvchilar ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan ijodiy va kasbiy to‘garaklarda yil davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy tarzda namoyish etdilar. 🔹Jumladan, qo‘g‘irchoq yasash, zargarlik, chevarchilik, robototexnika kabi yo‘nalishlarda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati namunalari, ijodiy ishlanmalar hamda innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ijod maktabi direktori Shaoxistaxon Nurmatova ishtirokida o‘tkazilgan imtixonda har bir o‘quvchi o‘zining qiziqishi va iqtidori asosida yaratgan ishlari orqali ijodiy salohiyatini namoyon etdi. 🔹Shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy yig‘ma jildlari shakllantirilib, ularga yil davomida erishilgan yutuqlar, tanlov va tadbirlardagi ishtiroklari, sertifikat hamda diplomlari, ijodiy ishlari jamlandi.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 2025–2026-o‘quv yili yakunlari yuzasidan 7-8 sinf o‘quvchilari uchun ijodiy imtihon tashkil etildi.
🔹Mazkur ijodiy imtihonda o‘quvchilar ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan ijodiy va kasbiy to‘garaklarda yil davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy tarzda namoyish etdilar.
🔹Jumladan, qo‘g‘irchoq yasash, zargarlik, chevarchilik, robototexnika kabi yo‘nalishlarda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnati namunalari, ijodiy ishlanmalar hamda innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ijod maktabi direktori Shaoxistaxon Nurmatova ishtirokida o‘tkazilgan imtixonda har bir o‘quvchi o‘zining qiziqishi va iqtidori asosida yaratgan ishlari orqali ijodiy salohiyatini namoyon etdi.
🔹Shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy yig‘ma jildlari shakllantirilib, ularga yil davomida erishilgan yutuqlar, tanlov va tadbirlardagi ishtiroklari, sertifikat hamda diplomlari, ijodiy ishlari jamlandi.