
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan badiiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan shoir she’rlaridan namunalar ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda uning hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, yosh ijodkorlarning shoir ijodiga bo‘lgan mehr va qiziqishi barchada iliq taassurot qoldirdi.
Tadbirda ijod maktabi direktori Shoxistaxon Nurmatova ishtirok etib, Muhammad Yusuf ijodining bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, u o‘quvchilarni shoir asarlarini chuqur o‘rganishga, ona Vatanga muhabbat ruhida ijod qilishga undadi.
Xonandalar tomonidan shoir satrlari asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Ushbu chiqishlar orqali Muhammad Yusuf she’riyatining ohangdorligi va yurakka yaqinligi yana bir bor namoyon bo‘ldi.