Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan “So‘zga jon bergan shoir” nomli olov alangasi bag‘rida kechki mushoira o‘tkazildi.

April 27, 2026

Mazkur adabiy kechada maktabning iqtidorli o‘quvchilari va ustozlari ishtirok etib, shoir ijodidan namunalar o‘qildi, uning Vatanga, muhabbatga va insoniy tuyg‘ularga yo‘g‘rilgan she’rlari yod etildi. Gulxan alangasi atrofida yangragan she’rlar ishtirokchilarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

🔹Tadbir davomida yosh ijodkorlar tomonidan yangi she’rlar ham taqdim etilib, ular orqali Muhammad Yusuf ijodining davomchilari yetishib chiqayotgani namoyon bo‘ldi.