
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan o‘quvchilar almashinuvi dasturi doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida mehmon bo‘lib turgan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Qo‘qon shahriga sayohat uyushtirdi.
April 27, 2026
Sayohat davomida o‘quvchilar Xudoyorxon o‘rdasi, Norbutabiy madrasasi maqbarasi kabi tarixiy va me’moriy obidalar bilan yaqindan tanishib, ularning boy tarixi hamda milliy merosimizdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
🔸Mazkur sayohat yoshlarning tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ular o‘rtasida do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.