
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
April 27, 2026
Mazkur tadbir doirasida maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Abduvaqqos Karimqulov hamda Umidaxon Madibekovalar tashabbusi bilan o‘quvchilar o‘rtasida ingliz tilida “Zakovat” intellektual o‘yini (quiz) o‘tkazildi.
🔹Bellashuv davomida ishtirokchilar shoirning hayoti va ijodi, adabiy merosi, shuningdek, umumiy bilim va mantiqiy fikrlashga oid savollar asosida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Savollarning ingliz tilida berilgani o‘quvchilarning nafaqat bilim saviyasini, balki xorijiy til ko‘nikmalarini ham namoyon etishiga xizmat qildi.