
O‘quvchilar almashinuvi
O‘quvchilar almashinuvi
♻️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida mehmon bo‘lib turgan Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Andijon shahridagi “Eco bog‘” ko‘ngilochar maskanida mazmunli hordiq chiqardilar.
🌿 Sayohat davomida o‘quvchilar tabiat qo‘ynida dam olib, o‘zaro muloqot qilish, yangi do‘stlar orttirish va unutilmas taassurotlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🔰 Shuningdek, har ikki ijod maktabi o‘quvchilari uchun Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi psixologi Muattar Akramova tomonidan qiziqarli va interaktiv trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
✨ Mazkur mashg‘ulotlar o‘quvchilarning jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, erkin fikrlash va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.