
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida sinf xonalarda, maktab yo‘laklarida “Kitob burchaglari” tashkil etildi.
February 19, 2026
Mazkur kitob burchagi o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Kitob burchagiga turli janrdagi adabiyotlar jamlanib, o‘quvchilarga muntazam ravishda foydalanish imkoniyati yaratildi.
🔹Ijod maktabida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yosh avlodni mutolaa madaniyatiga jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.