
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.
February 19, 2026
Mazkur tadbir adabiyot ixlosmandlari, ustoz va murabbiylar hamda ijodkor o‘quvchilarni bir maqsad atrofida jamladi. Kechada shoira hayoti va ijodiy faoliyati, uning o‘zbek she’riyatiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar tomonidan Saida Zunnunovaning Vatanga, muhabbatga, sadoqat va insoniylikka bag‘ishlangan she’rlari ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
🔹Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Xurshida Vahobjon qizi ishtirok etib, shoira ijodining bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, uning she’riyatidagi samimiyat va hayotiylik haqida iliq fikrlar bildirdi.