
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Multimedia davrida yozuvchilik: raqamli adabiyotning yangi chegaralari” mavzusida navbatdagi mahorat darslari tashkil etildi.
February 5, 2026
Mazkur mahorat darsi O‘zbekiston va Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va tarjimon Xabib Siddiq ishtirokida o‘tkazildi. Uchrashuv davomida zamonaviy adabiyotning raqamli muhit bilan uyg‘unlashuvi, elektron platformalarda badiiy matn yaratishning o‘ziga xos jihatlari, audiokitob, podkast, blog va ijtimoiy tarmoqlarning yozuvchi ijodiga ta’siri haqida atroflicha fikrlar bildirildi.