
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Ta’lim jarayoni samaradorligini baholashda qat’iy nazoratdagi hujjatlarning ahamiyati” mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
February 5, 2026
Seminar davomida ishtirokchilar ta’lim jarayonini rejalashtirish, hujjatlarni yuritish va ularning samaradorlikni baholashdagi o‘rni, ichki nazorat tizimini takomillashtirish, me’yoriy hujjatlar bilan ishlashda uchrayotgan muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Amaliy misollar asosida olib borilgan trening mashg‘ulotlari ishtirokchilarning kasbiy tajribasini yanada boyitadi.