
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Eco School” ekologik loyihasi doirasida 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida sardorlar saylovi tashkil etildi.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Eco School” ekologik loyihasi doirasida 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida sardorlar saylovi tashkil etildi. Saylovda mazkur sinflardan nomzodi ko‘rsatilgan faol va tashabbuskor o‘quvchilar ishtirok etdi.
🔹Nomzodlar tadbir davomida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, maktab hududini obodonlashtirish hamda o‘quvchilar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan o‘z loyihalarini taqdim etdilar.
🔹Har bir ishtirokchi o‘z dasturi orqali maktabda “yashil muhit”ni shakllantirish bo‘yicha aniq taklif va g‘oyalarini ilgari surdi.
Saylov jarayoni ochiqlik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilib, o‘quvchilarning yetakchilik qobiliyatlari, mas’uliyati va ekologik faolligi baholandi.
🔹Mazkur tadbir yoshlar orasida ekologik ongni shakllantirish, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda jamoatchilik faolligini oshirishga xizmat qildi.