Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

January 22, 2026

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagog, ijod maktabi Zakovat koordinatori Oysudaxon Abdumannobova tashabbusi bilan “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi.


🔹Zakovat intellektual o‘yinlarining viloyat kordinatori ishtirok etgan mazkur o‘yinda o‘quvchilar jamoalar asosida ishtirok etib, mantiqiy fikrlash, tezkorlik va bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.


🔹Intellektual bellashuv jarayonida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berib, o‘z bilim saviyasi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. 


🔹Tadbir o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.