
“IJODKORLAR — EKOLOGIK MADANIYAT TARG‘IBOTCHISI”
January 16, 2026
Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida ekologiya va atrof-muhitni asrab-avaylash, betakror tabiatimizni tarannum etish, jamiyatni mushohada va mulohazaga chorlash yo‘lida ijod qilayotgan qalam sohiblarini jamlash hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida “IJODKORLAR — EKOLOGIK MADANIYAT TARG‘IBOTCHISI” shiori ostida ijodkorlar forumi o‘tkaziladi.
🔹Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatidan kelgan ijodkorlarlar qatorida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ham munosib ishtirok etib, ekologik mavzudagi ijod namunalari, she’r va chiqishlari bilan tadbir mazmunini yanada boyitdilar.