
KASBIY RIVOJLANISH KUNI
#Ibrat_maktabi
#KRK
#MahoratDarsi
KASBIY RIVOJLANISH KUNI
📚 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2025-yil 14-oktabrdagi 160-AF sonli buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida mahorat darsi tashkil etildi.
👩🏫 Tarbiyachi-pedagog Dilbar To‘raboyeva tomonidan “Jamoada do‘stona muhitni shakllantirish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
🤝 Dars davomida o‘qituvchilar jamoada o‘zaro hurmat, samimiy muloqot va hamjihatlikning ahamiyati haqida fikr almashdilar.
🧩 Interfaol mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilar o‘zaro ishonch va ijobiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan amaliy topshiriqlarni bajardilar.
📈 Mahorat darsi barchada iliq taassurot qoldirdi va maktab jamoasida ijobiy kayfiyatni yanada mustahkamladi.
ℹ️ Ijod maktabida xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida haftaning har shanba kuni “Kasbiy rivojlanish kuni” deb belgilangan.