"Intellektual olimpiada" o'z nihoyasiga yetdi.1-o‘rin: Ogahiy ijod maktabi.

"Intellektual olimpiada" o'z nihoyasiga yetdi.1-o‘rin: Ogahiy ijod maktabi.

October 24, 2025

Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida o'quvchilar o'rtasidagi "Intellektual olimpiada" o'z nihoyasiga yetdi.

"Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan tashkil etilgan ushbu intellektual olimpiadada viloyatimizdagi maktablardan tashrif buyurgan 23 ta jamoa qatnashdi. O'quvchilar "Zakovat", "Breyn-ring" va "Erudit-kvartet" kabi intellektual o'yinlar orqali o'zaro kuch sinashishdi. G'oliblar esa umumjamoa hisobida to'plagan reyting ballari orqali aniqlandi.

Yakunda quyidagi jamoalar sovrindor bo'lishdi:

🥇1-o‘rin - Ogahiy ijod maktabi;

🥈2-o‘rin - Xiva shahridagi Prezident maktabi;

🥉3-o‘rin - Yangibozor tumani 20-maktab.

G'oliblar "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan diplomlar va kitoblar jamlanmalari bilan taqdirlanishdi. 

🏆 Mutloq g'oliblikni qo'lga kiritgan Ogahiy ijod maktabiga esa maxsus KUBOK topshirildi!