Madaniyatlar uchrashuvi

Madaniyatlar uchrashuvi

October 24, 2025

Ogahiy nomidagi ijod maktabiga Turkiya Respublikasidan faxrli mehmonlar, Turkiyaning nufuzli tashkiloti — ÖSYM (O‘rta ta’limni baholash markazi) vakillari:

Boshliq oʻrinbosari Halil Shengün,

Boʻlim boshligʻi Irfan Ozudog‘ru

Professor, Doktor Hülya Ozudog‘ru,

ÖSYM kotibi, Ekrem Kutlular tashrif buyurishdi. 

Suhbat davomida Turkiyadagi ta’lim tizimi, turk madaniyati, yoshlar imkoniyatlari haqida fikr almashildi, oʻquvchilar o‘zbek va turk xalqlarining do‘stligi, umumiy qadriyatlarini chuqur his qilishdi.

Bu uchrashuv ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalar va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash uchun qadamlardan biri bo‘ldi.

Tadbir yakunida mehmonlarga maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Boburjon Sadullayev minnatdorchilik bildirib, esdalik sovgʻalari ulashdi.

Ularning tashrifi oʻquvchilarimizda katta taassurot qoldirdi va kelgusida yangidan-yangi hamkorliklarga zamin yaratdi.