
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida psixologik trening
September 15, 2025
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida psixologik trening
🔰Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida yangi qabul qilingan o‘quvchilar uchun psixologik trening tashkil etildi. Treningni ijod maktab psixologi Muattar Akramova olib bordi.
🔷Trening davomida bolalar bir-birlari bilan tanishdilar, o‘zlarini erkin ifoda etish, jamoada hamjihatlikda ishlash va o‘zaro hurmat tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
💥Psixologik mashg‘ulotlar o‘quvchilarni yangi muhitga moslashishiga, ularda ijobiy kayfiyat va o‘ziga ishonch hissini shakllantirishga xizmat qildi.