Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Prezidentimizning "Ijod maktablari faoliyatini yanada rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 147-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 10-sinf o‘quvchilari ishtirokida Andijon viloyati o‘lkashunoslik muzeyiga sayohat tashkil etildi.

O‘quvchi yoshlar dastlab, viloyatning qadimiy tarixidan so‘zlovchi eksponatlar, qadimiy sopol buyumlar, misdan yasalgan qurollar, o‘ymakorlik namunalarini ko‘rib, ajdodlarimizning mehnatkashligi va san’atga bo‘lgan ixlosini his etdilar.
Andijonning boy madaniy merosi, mashhur shoir va adiblarining asarlari, xalq amaliy san’ati namunalari haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Safar davomida ular o‘lkashunoslik muzeyi nafaqat tarixiy bilimlarini boyitishi, balki Vatanimizga bo‘lgan mehr va g‘urur tuyg‘usini kuchaytirishini his qildilar.