O‘QUVCHI YOSHLAR RENESSANS OROMGOHIDA

O‘QUVCHI YOSHLAR RENESSANS OROMGOHIDA

July 13, 2025

O‘QUVCHI YOSHLAR RENESSANS OROMGOHIDA


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi prezident, ijod, spor va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining iqtidorli o‘quvchi yoshlari “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 3-mavsum uchun 10 kunlik dam olmoqdalar.


Mavsum davomida o‘quvchi yoshlar madaniy xordiq olish bilan birga psixologik treninglar, robototexnika, san'at, kitobxonlik, sport kabi to‘garaklarda faol ishtirok etmoqdalar. Shu bilan birga guruhlarga bo‘lingan holda teatr tamoshalar, she'riy va musiqiy chiqishlar namoyish etmoqdalar.


Quvonarlisi shundaki, mazkur oromgohda ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan o‘tkazilgan "Turon yo‘lbarslari", "Turon teatri"," Ijodiy olimpida," Zakovat" kabi tanlovlarda faol ishtirok etgan hamda "Yosh kitobxon" va asosiy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7 nafar o‘quvchi yoshlari ham ishtirok etmoqda.