DIQQAT, E’LON

DIQQAT, E’LON

June 29, 2025

Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.


Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak. 


Talabgor uchun eslatma:


shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi hamda ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomani olib kelishi talab etiladi.

Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelish shart.


❌ Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:


➖tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelsa;

➖imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelsa.


Eslatib o'tamiz:


Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.


1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;

2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;

3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.