BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI

BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI

June 29, 2025

 Ikki kun davom etgan mazkur tadbirda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari ko'plab ilmiy-amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etdilar.


Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy tabrikladi.


Jumladan, Qurultoy doirasida o'tkazilgan "Yangi O‘zbekistonda 3-Renessans tadqiqotchilari: Ilm, innovatsiya va ijodkorlik" mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarida:


Quyidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashinuvi va taqdimotlar o‘tkazilmoqda:

➖sun’iy intellekt va STEM yondashuvi;

➖yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish;

➖robototexnika, IoT va kiberxavfsizlik;

➖raqamli ko‘nikmalar va kelajak kasblari;

➖global muhitda milliy qadriyatlarning o‘rni.


Bitiruvchilar kengashi hamda ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilarining ilmiy izlanishlari, innovatsion loyihalari va ishlanmalari taqdim etildi.


Qurultoy doirasida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha sho‘balarda yangi loyihalar va ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Shu bilan birga, bitiruvchilar uchun turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.


“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur taqdimoti oʻtkazildi.


 Ushbu milliy dastur mamlakatimiz bo‘ylab saralab olingan 1500 nafar eng qobiliyatli 9-sinf bitiruvchilari Garvard, Yal va Princeton kabi jahondagi yetakchi universitetlarga tayyorlashni koʻzda tutadi. 


Xususan, bitiruvchilarga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning malakali maslahatchilari zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda, portfolioni kuchaytirishda yaqindan yordam beradi.