
📘 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida xalqaro dasturlar bo‘yicha trening!
December 1, 2025
📌 Trening davomida:
xalqaro akkreditatsiya jarayonining bosqichlari, talab va mezonlari;
o‘qitish dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘nalishlari;
o‘quvchilar kompetensiyasini rivojlantiruvchi innovatsion metodlar
keng yoritib berildi.
🔍 Ishtirokchilar xalqaro baholash tizimlari, sifat monitoringi, dars jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.
💡 Tadbir o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ta’lim jarayoniga yangicha qarashlarni joriy etish hamda maktabni xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.
📚 Ilm, izlanish va innovatsiya — maktabimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishidir!