Qabul -2025

Qabul -2025

June 2, 2025
  • Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi


2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.


  • Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi — Yangi O‘zbekistonning yorqin yulduzlari uchun muqaddas maskan


🔺Sizda buyuk kelajak sari intilish, ijodiy yuksalish va o'z orzularingizni ro'yobga chiqarish istagi bormi?  


🔺Unda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi aynan siz uchun!


🔺Biz bilan birga:

🔺O'zbek milliy adabiyotining zabardast namoyandalarining izidan boring;

🔺O'z fikrlaringizni so'zga aylantiring;

🔺O'z orzularingiz sari jasorat bilan qadam tashlang;

🔺Kelajakning yorqin ijodkorlaridan biri bo'ling; 

🔺Bu yerda siz nafaqat adabiyot, jurnalistika va notiqlik san'atining sirlarini o'rganasiz, balki o'z iste'dodingizni kashf qilib, millatimizning madaniy merosini boyiting.


📍Ijod maktabiga hujjatlar 7-sinfdan qabul qilinadi.


📥Hujjatlar qabuli 1-iyundan 20-iyuniga qadar my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali onlayn shaklda amalga oshiriladi.


🗺 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi, 6/2.


📲Call-markaz:

🏪(99895)479-20-80


⭐Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi — yorqin kelajagingizni yaratishni bugundan boshlang!