
“1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”
June 2, 2025
Kunlik ish, topshiriq, vazifalardan ortib tez-tez hududlardagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini oʻrganishga, muammolarini eshitishib borishga harakat qilaman. Ana shu damlarda men uchun eng yoqimli daqiqalar bolajonlar bilan gaplashish, ularni eshitishdir.
Bolalar qalbi xuddi oq qogʻozdek, biz kattalar ular koʻnglini yaxshilik, ilm olish ishtiyoqi, mehnatsevarlik, halollik kabi xislatlar bilan toʻldirishimiz, ezgu amallarimiz bilan ularga namuna boʻlishimiz kerak.
Yana bir bor “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan, bolajonlarim!