Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan rasm to‘garagida navbatdagi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan rasm to‘garagida navbatdagi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

September 20, 2025

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan rasm to‘garagida navbatdagi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.


🔷Tarbiyachi pedagog Xilolaxon Akramova boshchiligidagi mashg‘ulot davomida o‘quvchilar buyuk adibning hayoti va adabiyotimizga qo‘shgan ulkan hissasi haqida suhbatlashib, o‘z tasavvurlarini qog‘ozga tushirdilar. 


💥Ranglar jilvasida Abdulla Qahhor asarlar qahramonlari, uning asarlaridagi xalqona obrazlar, qishloq hayoti va o‘ziga xos satirik lavhalar aks ettirildi.


✅Har bir o‘quvchi qalbidagi ilhomni chizgilarga joylab, adib siymosini ramziy talqinlarda gavdalantirdi. Mashg‘ulot nafaqat ijodiy ko‘nikmalarni boyitdi, balki o‘quvchilar qalbida milliy adabiyotimizga, xususan, Abdulla Qahhor ijodiga mehr va qiziqishni yanada kuchaytirdi.