Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari ijodidan

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari ijodidan

   YURTIMNING ZULFIYASI

Bu kun gulaga to’lgan bahor chog’ida

Aziz yodi dilni she’r ila bezar.

Ona Jizzaximning ziyo bog’ida,

Go’yo Hamid ila ko’chalar kezar.

Har novda, har nihol, har bir kurtakda,

Yurtim Zulfiyasi yashar yurakda.

                         

Olam shodligimdan bo’lsin deb ogoh,

Ash’orlar aytmayin, kuylamay nechun?

Ruhlari yor bo’lgan bu ulug’ dargoh,

Ijod maskanidur biz yoshlar uchun.

San’atimiz dunyo uchun darakda,

Yurtim Zulfiyasi yashar yurakda.


Adabiyot! Bog’ing dilga solganmiz,

Gullaring qalblarda hech ham so’lmaydi.

Ilhom bilan qo’lga qalam olganmiz,

Madh etib: “Shoirlar sira o’lmaydi”.

Ko’ngil izlar sizni, topmoq tilakda,

Yurtim Zulfiyasi yashar yurakda.


Vafo, sadoqat-u sevgi timsolin,

Umr yo’li ibrat bo’lar bizlarga.

Izdoshlari bo’lmoq orzu, bir havas,

Marra, maqsad erur o’zbek qizlarga.

Elga yana shunday bahor kerakda,

Yurtim Zulfiyasi yashar yurakda.

                                                                                       9-sinf o’quvchisi Ma’mirova Shahnoza

      ZULFIYA MONOLOGI

“Bu nazm bog’iga kirolmas xazon,

Bizni mavh etolmas zavol lashkari.

Men ketsam, mung’aymas umrim hech qachon,

Bu bog’lar bir bog’lar bo’ladi hali”.


Hali yashayverar boqiy she’riyat,

Xayolim mazmuni ko’nglim tilagi.

Bu aziz jonimga massig’ she’rlarim,

Bu yolg’iz tanimning yolg’iz yuragi.


Behisob umrning belanchagi she’r,

Azizim, baxtim siz go’zal qizlarim.

Orzum bor, baxtim bor armon bo’lmadi,

Bu dunyoda endi bordir izlarim.


Quyoshsiz bu olam bo’lmaganidek,

Shoirsiz she’riyat hech ham bo’lmaydi.

Sadoqat mulkining malikalari,

Qizlarim, sizlarsiz quyosh kulmaydi.


                                                                           7-sinf o’quvchisi Abdazova Sevinch

       KETYAPMAN

Birozgina to’xtab turgin, vaqt,

Yorim bilan dardlashib olay.

Birga kechgan xotiralarni,

Rishtalarni yodimga solay.


Shunchalar tez o’tib ketdingmi?

Bir marta ko’z ochib yumguncha,

Biroz kutib tursang bo’lardi,

Kutsang edi dunyo turguncha.


Qarib qoldi ancha safari,

Mehmon bo’ldim men o’ttiz besh yil.

Kelsa edi so’nggi bahorim,

Qo’shiq kuylab berardi bulbul.


Eng gullagan yoshlik chog’larim,

O’tkinchi vaqt menga qaytib ber.

Mayli olam ko’nmasa agar,

Mayli shamollarga aytib ber.


Ko’nglimga bir nazar solsaydi,

Ma’yus boqib turgan qora ko’z.

So’zlarini tinglasa qalbim,

Tilim ojiz aytishga bir so’z.


Olis joyga ketyapman, ey yor.

Qoramunchoq ko’zlaring yoshlab,

Ayt, qandayin qoldiray yolg;iz,

Ketolmasman o’zingni tashlab.


Bir uzoq yo’l turar to’g’rimda,

Og’ir, vazmin qadam bosyapman.

Qushday yengil bo’ldi bu ruhim,

Mayin shamol kabi esyapman.


Marvariddek yaproqlarimni,

Xazon kabi silkitdi yillar.

Eh, o’shanda mahkam tutsaydi,

Qo’llarimni tutgan bu qo’llar…


Ketyapman olis-olisga,

Yuragimni g’amga to’ldirib.

Shoiram, sen yolg’iz emassan,

Qalbimni senga qoldirdim…



                                                                            8-sinf o’quvchisi Xolbekova Iroda

 YURTIMNING ZULFIYASI

Yolg’izlik eng yomon azob – uqubat,

Yoshlikning gullagan ayni chog’ida.

Yurakka qadalgan eng og’ir dog’lik,

Sadoqat yashagan ko’ngil bog’ida

Shoirlik o’zi bir qismati ekan.

Kutmagan yolg’izlik taqdirida bor.

Hamrohdir farzandi Hulkar va Omon,

Qalbini qilmadi bu dunyo ham tor.

Yillarining change bariga guvoh,

Hayotning yo’llari mujassam she’rda.

Derazaning oldida bir tup go’zallik,

O’rik oppoq bo’lib gullagan yerda.

Beg’ubor ijodkor, oqko’ngil inson,

Yurtimning favokor o’zbek ayoli,

Men ham kelajakda bo’laman, albat,

Zulfiyaxonimdek yurtim jamoli.

E’zozda bo’lasiz pok qalbimizda.

Ruhingiz so’nmas shodiyonasi.

Sizni qiyos qilay, ayting, kimlarga?

Shu aziz yurtimning hur Zulfiyasi.

Ushbu she’rimni bag’ishlab sizga,

Yozdim, shu orada bo’lgandir ko’zyosh.

Yurtimning siz kabi Zulfiyasida,

Ko’rdim, quvondim ko’zida quyosh! 

                                                                             5-sinf o’quvchisi Axrorova Nafisa 


              ZULFIYA 

Senga nima berdi beshafqat hayot,

Senga hamroh bo’ldi, bir adabiyot.

Ikki farzandingni o’stirding yolg’iz,

Lekin nolimading, hatto bir og’iz.

Har kecha yig’lading, bildirmay biroq

O’rtansang o’zingni yupatding har choq.

Sadoqat, favodan so’zlading faqat

Saodatli eding, bu chin haqiqat.

                                                                              6-sinf o’quvchisi Rasulov Jaloliddin

              Tilak

Yuragim  ezildi,qalbimda  titroq,

Turfa  yomonliklareshitdim  ko`proq.

Dunyoni  kezdim-utopmadim  biroq,

Yaxshilar  ko`paysin,ezgulik  bo`lsin


Komillik  yo`liga tutaylik  chiroq,

Mehrlardan   to`libboqsin  ko`z  qaroq.

Ko`ngil  yursinnafsning  yo`lidan   yiroq,

Yaxshilar  ko`paysin,ezgulik  bo`lsin.


Ey,  inson,dilimiz  chaman  bog` bo`lsin,

Qalblardagi   g`urur,nomus   tog`   bo`lsin.

Yaxshilik  vujudgabir   qadoq  bo`lsin,

Iymon  yo`limizdado`st,  hamroh  bo`lsin.

                                                                         Muhammatova  Sevinch.

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH