MAKTAB HAQIDA
   Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 – iyundagi №418-sonli, Jizzax viloyat hokimining 2017 yil 15 avgustdagi №462-sonli, Jizzax shahar hokimining 2017 yil 18-avgustdagi № 1497-sonli qarorlari asosida tashkil etilgan.
   Qarorga ko'ra, ta'lim muassasasi 150 o'rinli o'quv binosi, 100 o'rinli yotoqxona, 100 o'rinli faollar zali va 75 o'rinli oshxonaga mo'ljallangan.
Maktab internatida 5 nafar rahbariyat xodimlari, 5 nafar birinchi toifali, 7 nafar ikkinchi toifali, 7 nafar mutaxassis o'qituvchilari o'quvchi yoshlarga ta'lim tarbiya berib kelishmoqda. Maktab-internat yo'nalishi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan. Maqsadi shu xaminjan etishib chiqqan buyuk ijodkorlarning izdoshi sifatida vatan ravnaqiga hissa qo'shish, a'lo baholarga o'qib etuk ijodkor bo'lib etishishdan iborat.
   Shu kungacha o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'quvchilarni ijodiy imkoniyatlarini boyitish, ularni yuksak kelajak sari etaklashga zamin yaratmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 15-16-dekabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash hamda o'zaro tajriba almashish yuzasidan 2018 yil 8-11 yanvar kunlari Nukus shahrida joylashgan Ibroyim Yusupov nomidagi maktab-internatida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab internatdagi shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi. O'quvchi yoshlar samimiy muloqot tashkil etildi. Shuningdek, istiqboldagi rejalarni aniqlash, hamkorlik aloqalarini yaxshilash yuzasidan “Hamkorlik memorandumi” imzolandi.
Respublika axborot resurs markazi xodimlari, kitobxon o'quvchi va ijodkorlar o'rtasida 18 yanvar kuni viloyat bolalar kutubxonasida onlayn muloqot tashkil etildi. Unda ARM xodimlari hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab internati o'quvchilari ishtirok etdi. Muloqotning bu galgi mehmoni taniqli yozuvchi Toxir Malik. Toxir Malik bilan bo'lgan muloqotda kitob o'qish madaniyati, ijodning mashaqqatli yo'llari, yozuvchilikning sir-asrorlari muhokama qilindi. Muloqot davomida maktab-internat o'quvchilari faol ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
   Joriy yilning 25 yanvar kuni Jizzax viloyat Xalq ta'limi boshqarmasiga qarashli Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Alisher Qodirov Keldievich hamda markazning bir guruh xodimlari, keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad, maktab-internat hayoti bilan yaqindan tanishish, o'quvchi yoshlardagi kitobxonlik madaniyatini takomillashtirish, ularni adabiyot, ijodga bo'lgan qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash bilan birga bu boradagi ishlar ko'lamini kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berishdan iborat. Dastlab A.Qodirov maktab internatining “Ma'naviyat xonasi” hamda unda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so'ng ta'lim muassasasi o'quvchilari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkillashtirildi. O'quvchi yoshlar Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim hamda o'z ijod namunalarini yig'ilganlarga namoyish etishdi.
   29 yanvar Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurgan muxtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoev bilan maktab-internat o'quvchilarip onlayn muloqotda bo'lishdi. Mazkur muloqotda Respublikadagi namunali maktab-internatlari va ularning o'quvchilari bir-birlari bilan “Mushoira” darsini tashkil etishdi. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi maktab-internatidan esa 5 sinf o'quvchilari Abdug'afurova Sarvinoz, Qayumov Hojiakbar, 8 sinf o'quvchilaridan Xosilbekov Xumoyun, Axbo'taeva Mo''tabarlar Hamid Olimjon, Zulfiyaxonim, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Muhammad Yusuf singari adabiyot darg'alarining ijodlaridan namunalar keltirishdi.
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tavalludining 80 yilligiga bag'ishlab “Islom Karimov-mustaqil O'zbekiston asoschisi” mavzusida ijodiy tanlov tashkil etildi. O'quvchilar mazkur muhim sanaga bag'ishlab, she'r, hikoya va insholarini topshirishdi. Mazkur tanlovga jami 85 ga yaqin ijodiy ishlar kelib tushdi hamda unda faol qatnashib, natijaga ega bo'lgan o'quvchilar 30 yanvar kuni maktab-internatida bo'lib o'tgan ma'naviy ma'rifiy tadbirda taqdirlandi.
19 fevral “Matematika va informatika” fanlar oyligi munosabati bilan 5-8 sinflar o'rtasida tadbir tashkil etildi. Unda 4 nafar sinf vakillari 6 ta shart bo'yicha kuch sinashishdi. Har bir shartdan so'ng ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Mazkur tadbirda hakamlar xay'ati tomonidan 5 sinf o'quvchilari g'olib deb topildi. Faol ishtirok etgan o'quvchilarga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.
O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a'zosi, “Jizzax haqiqati” gazetasi adabiy kotibi Abdulla Axmad hamda “Jizzax haqiqati” gazetasi mahalliy boshqaruv bo'lim muharriri Tursunboy Kamolov maktab internatiga tashrif buyurib, o'quvchilar bilan muloqotda bo'lishdi. Dastlab ijodkorlar Zulfiya haqida o'quvchilarga ma'lumot berishdi. Shundan so'ng Zulfiyaxonim she'rlari o'quvchilar tomonidan aytildi. Keyin esa yangi yozilgan ijod namunalarining keng muhokamasi bo'lib, unda she'riy mashqlar tahlil etildi. Bu yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Jizzax viloyat hokimligi tashabbusiga ko'ra “Morguzar mountain travel” tashkiloti tomonidan 10-12-fevral kunlari Nukus va Xiva shahriga sayohat tashkillashtirildi. Unda jami 95 nafar sayohatchilar ishtirok etishdi. Ular orasida pedagog va mutaxassislar, rahbarlar hamda yoshlar jamoasi bor. Ishtirokchilar asosan tashabbuskor, o'zining namunali faoliyati bilan jamoatchilik orasida e'tibor qozongan jamoatchilik vakillaridir. Bu sayohat davomida sayohatchilar tomonidan Samarqand shahrida joylashgan O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimov qabri ziyorat qilindi. Nukus shahrida joylashgan Qoraqalpog'iston san'at muzeyiga tashrif buyurildi. Sayohatchilar bu muzeydagi eksponatlar orqali Qoraqalpoq xalqining tarixi, madaniyati, urf-odatlarini yaqindan bilib olishdi. Sayohatning ikkinchi kuni sayohatchilar Xiva shahriga tashrif buyurishdi. Xiva shahrida joylashgan ”Ochiq osmon ostidagi muzey” deb ataluvchi Ichan qal'a me'moriy yodgorligi ularda katta qiziqish uyg'otdi. Uch kun davom etgan mazkur sayohat ishtirokchilarda katta taasurot qoldirdi. Unda maktab-internat etakchisi O.Toshbekov ishtirok etdi.
G'azal mulkining sultoni A.Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan “A.Navoiy hamisha barxayot” nomli tadbir joriy yilning 8 fevralida bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda Navoiy g'azal va ruboiylari, uning xayoti va ijodi, hayoti bilan bog'liq saxna ko'rinishlari tomoshabinlar e'tiboriga xavola etildi. Navoiy xayotiga bag'ishlangan videorolik tadbir so'nggida namoyish etildi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, A.Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan “Ilm-fan va ta'limga e'tibor mamlakat taraqqiyotining asosi” mavzusida seminar o'tkazildi .Seminar davomida universitet shart-sharoitlari bilan tanishildi. Shuningdek, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo'lim boshlig'i, O'zbekiston Xalq shoiri I.Mirzo hamda A.Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sh.Sirojiddinov bilan istiqboldagi rejalar, maktab internatlari o'rtasida hamkorlik aloqalalarini mustahkamlash, muxtaram yurtboshimiz tomonidan ta'kidlangan topshiriqlar ijrosini to'liq ta'minlash borasida keng muhokama bo'lib o'tdi.
6 sinf o'quvchisi Tursunova Visolaning “Kamalak yulduzlari” nomli she'riy to'plami 8 sinf o'quvchisi Baxriddinova Gulsanamning “Lolaqizg'aldoq” nomli she'riy to'plamlari nashrdan chiqqan.
Maktab-internatida jami 7 ta to'garak tashkil etilgan bo'lib, ular yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlarida zamin yaratmoqda. Jumladan, “Ona tili” va “Adabiyot”, ”Ifodali o'qish”, “Ingliz tili” fan to'garaklari, “Yosh kitobxon”, “Yosh qalamkashlar”, “English conversation” cingari ijodiy to'garaklar faoliyat ko'rsatmoqda.
Joriy yilning mart oyida Jizzax viloyat hokimligi, O'zbekiston Yoshlar Itifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda 40 nafar o'quvchi yoshlarning Toshkent shahriga sayoxati tashkil etildi. O'quvchilar 1 mart Zulfiyaxonim tavalludining 103 yilligi munosabati bilan uning poyiga gullar qo'yishdi. Diqqatga sazovor maskanlarga tashrif buyuurildi. Mazkur muxim sanaga bag'ishlab 1 mart kuni maktab-internati faollar zalida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Unda viloyat hokimining o'rinbosari B.To'xtamishov ishtirok etdi.
2 aprel Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan maktab-internatida “Yosh kitobxon” ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi. Unda 7 va 8 sinf o'quvchilari 3 ta shart bo'yicha bellashishdi. Faol ishtirok etgan o'quvchilar taqdirlandi. 1 o'ringa 7 sinf o'quvchi Boltaboeva Madina loyiq topilib, unga 300 ming so'm miqdoridagi kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.
21 aprel kuni “Suratlarda Vatan aksi” deb nomlangan asfaltga rasm chizish musobaqasi bo'lib unda 4 ta sinf o'quvchilari ishtirok etdi. Sinflar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada 5 sinf 1-7 sinf 2- 6 sinf o'quvchilari 3-o'rinni qo'lga kiritishib, diplom bilan taqdirlanishdi.
Joriy yilda o'tkazilgan Bilimdar bellashuvi sinovlarida 7 sinf o'quvchisi Boltaboeva Madina shahar bosqichida 1 o'rinni qo'lga kiritib, keyingi bosqchiga yo'llanma oldi.
O'quvchilar ijodi, ularning she'rlari viloyat, Respublika nashrlarida muntazam e'lon qilib kelinmoqda.

фильмы бесплатно





YOPISH